Bosh sahifa / Qanday ishlaydi / Video qo'llanmalar
Convers'ning har bir imkoniyati bo'yicha qisqa video. Har videoning tagida — u nima haqida va nimani o'rganasiz.
Ro'yxatdan o'tgandan keyin birinchi ko'radigan ekran. Har bir bo'lim nima uchun kerakligini va qayerdan boshlashni ko'rsatamiz.
Ism, pochta va parol bilan akkaunt ochish. Pochtaga kelgan kod va birinchi kirish.
Meta'ning rasmiy oynasi orqali akkauntni parolsiz ulash. Qaysi ruxsatlarni qoldirish kerakligini tushuntiramiz.
Lidlar tushadigan guruhni yaratish va Convers botini qo'shish. Lid xabari qanday ko'rinishini ko'rasiz.
Bot faqat shu yerdagi ma'lumotdan javob beradi. Savol-javob va mahsulot kartochkasini to'g'ri yozishni ko'rsatamiz.
Narx-navo, katalog yoki sayt manzilini yuklab, botni bir necha daqiqada o'rgatish.
Bot bilmagan savollar alohida ro'yxatga tushadi. Bir marta javob yozsangiz — keyingi safar o'zi javob beradi.
Mijoz rasm yoki Reels yuborsa, bot qaysi mahsulot so'ralayotganini aniqlaydi. Buni qanday sozlashni ko'rsatamiz.
Qachon bot o'rniga o'zingiz yozishingiz kerak va buni bir tugma bilan qanday qilish mumkin.
Barcha lidlar bitta doskada: bosqichlar, izohlar va eksport. Sotuv bo'limi uchun qulay ish tartibi.
Post ostidagi «+» va storisga javoblarga bot Direct'da qanday javob berishini sozlaymiz.
Bot qanday gapirishi, qachon raqam so'rashi va qachon menejerga uzatishi — barchasi qoidalarda.
O'zgarishlarni mijozlardan oldin o'zingiz sinab ko'ring. Test chat jonli botga ta'sir qilmaydi.
Ish vaqtidan tashqarida bot nima deyishi va lidlar qachon guruhga tushishini sozlash.
Qancha dialog bo'ldi, nechtasi lidga aylandi va mijozlar eng ko'p nima so'raydi — raqamlarni tushunish.
Har oy keladigan hisobotda nimalar bor va uni rahbarga qanday ko'rsatish mumkin.
Dialog qanday hisoblanadi, limit tugasa nima bo'ladi va tarifni qanday almashtirish mumkin.
Ism, pochta va parol. Pochtaga kelgan kodni kiriting.
Meta'ning rasmiy oynasi orqali — parol so'ralmaydi.
Narxlar, manzil, savollar — yoki faylni yuklang.
Lidlar shu guruhga tushadi — telefon va so'rov bilan.